Yangiliklar 19:16 | 07.12.2021

“Biz eng yaxshi tarkib bilan o‘ynaymiz” — Nagelsmann

Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar ligasi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Bayern & Germany” ma'lum qildi.

Foto: “Getty Images”

Nemislar mutaxassisi Katalon klubiga qarshi eng yaxshi tarkibi bilan o‘ynamoqchi ekanini aytdi.

“Biz birinchi o‘rinni kafolatlagan holda bu o‘yinda maydonga chiqishimizdan xursandmiz. Ammo bu hali ham muhim o‘yin.

Chempionlar ligasi har doim o‘ziga xos turnir. Biz esa guruhdagi qolgan jamoalarga nisbatan adolatli bo‘lishni istaymiz. Biz eng yaxshi tarkib bilan o‘ynaymiz.

xavi va uning jamoasi birgalikda ko‘p mashg‘ulotlar o‘tkazmagan. Ular endi oldingidan yuqoriroq himoyalanadi. Ularga qarshi kurash faollashdi. Bu orqa tomonda bo‘sh joy qoldiradi, chunki har doim barcha hududlarni qoplash qiyin.

‘Barsa’da hali ham jahon darajasidagi futbolchilar bor. Jadval ularga bosim o‘tkazadi, ular g‘alaba qozonishlari kerak va buning uchun bor kuchlarini beradi. Gap ularni turnirdan chiqarib yuborishda emas, biz uch ochko olishni istaymiz. Ishonchim komilki, ular chempionlikka da'vo qilmoqda”, — dedi Yulian Nagelsmann.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” va “Barselona” o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 8 dekabrdan 9 dekabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Avvalroq “Barselona”ning “Bavariya”ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e'lon qilingandi.