“Chelsi”ning besh nafar futbolchisi EChLning oxirgi turini o‘tkazib yuboradi

“Chelsi”ning qaysi futbolchilari Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Zenit”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligi malum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Jeyms Olley o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi.

Foto: “Sky Sports”

“Ko‘klar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Ben Chiluell, Kante, Jorjino Frello, Mateo Kovachich va Trevo Chaloba maydonga tushmasligini ma'lum qildi. Yarim himoyachi Mateo Kovachichda koronavirus aniqlandi. Bungacha u jarohat tufayli uzoq muddat o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi.

“Zenit” 8 dekabr kuni “Chelsi”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Avvalroq “Barselona”ning “Bavariya”ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e'lon qilingandi. Shuningdek, Evropa Chempionlar ligasining 6-tur o‘yinlarini translatsiya qiladigan telekanallar ma'lum qilingan.

Ko‘p o‘qilgan