“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida hafa bo‘lganini aytdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Frantsiyaning “France Football” nashri 2021 yilgi “Oltin to‘p” mukofotiini Lionel Messiga topshirdi. “Bavariya” hujumchisi esa “Yilning eng yaxshi hujumchisi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Agar his-tuyg‘ularim haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘tgan hafta qiyin bo‘ldi. Yashirmayman, xafa bo‘ldim. O‘ynash qiyin edi, menga baxt hissi etishmadi. Men baxtli emas edim.

Albatta, men Messini va uning o‘yinini, yutuqlari va darajasini hurmat qilaman. U bilan jang qilganimning o‘zi men uchun o‘z darajamning ko‘rsatkichidir.

Men buni juda qadrlayman, bu meni g‘ururlantiradi, lekin men bir-ikki kun emas, balki uzoq davom etgan qayg‘uni his qildim. Bu safar hafta o‘rtasida o‘yin o‘tkazmaganimizdan xursandman.

Messi bilan gaplashish qiyin. Men faqat bitta tilni bilaman va shuning uchun ham bir nechta so‘zlardagina gaplashdim u bilan. Har birimiz oilamiz va do‘stlarimizga ko‘proq e'tibor qaratdik, shuning uchun hamma bilan gaplashish qiyin bo‘ldi”, — dedi Levandovski.

Avvalroq Ibragimovich 2021 yilgi “Oltin to‘p”ga ko‘proq Levandovski loyiq bo‘lganini aytgandi. Shuningdek, Ronaldu Instagram’da Messi “Oltin to‘p”ga loyiq emasligi haqidagi postga javob qaytargandi.