Yangiliklar 20:57 | 07.12.2021

Toshkent viloyati hokimligiga sport bazasini mustahkamlash uchun 720 mln so‘m yo‘naltirildi

Toshkent viloyati hokimligiga velosport federatsiyasi viloyat bo‘limining bazasini mustahkamlash uchun 720 500 000 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu haqda Telegram’dagi “Hokim qarori” kanali xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Viloyat mahalliy byudjetining 2021 yilda I chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimining 2021 yil aprel oyidagi farmoyishiga muvofiq Yangiyo‘l tumani “Tinchlik” mahallasi hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarining amalga oshirish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash, jumladan ichimlik va oqava suv tarmoqlarini ulash maqsadida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga ajratilgan 1 800 000,0 (bir milliard sakkiz yuz million) ming so‘m mablag‘ hisobidan 720 500,0 (etti yuz yigirma million besh yuz) ming so‘m viloyat mahalliy byudjetiga tiklanib — O‘zbekiston velosport federatsiyasi viloyat bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish uchun viloyat hokimligiga 720 500,0 (etti yuz yigirma million besh yuz) ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Avvalroq O‘zbekistonda velosport mahorat maktab-internati tashkil etilishi haqida xabar berilgan.