“UzReport TV” telekanali 2021 yilning 12 dekabr kunida bo‘lib o‘tadigan UFC 269 turnirini jonli efirda transilatsiya qilishi ma'lum bo‘ldi.

Foto: “Getty Images”

Janglarni telekanal sharhovchisi Davron Fayziev sharhlab boradi.

“Siz bilgandingiz va albatta kutgandingiz. Mavsumning oxirgi turniri UFC 269 ‘UzReport TV’da namoyish etiladi. Markaziy jangda eng yorqin toifa bo‘lmish engil vazn chempionligi uchun Dastin Pore va Charlz Oliveyra to‘qnash keladi. Birgalikda tomosha qilamiz🔥”, — dedi Davron Fayziev.

Avvalroq Masvidal UFC 269’da Edvardsga qarshi oktogonga ko‘tarilmasligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Konor UFC 269 promo-roligini tandiq qilgandi.