Yangiliklar 9:57 | 17.12.2021

Agent Rayola “Barsa”ga Pogbadan boshqa mijozini taklif qildi

Futbol agenti Mino Rayola Ispaniyaning “Barselona” klubiga Adnan Yanuzayni taklif qildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Foto: “Goal.com”

Unga ko‘ra, Katalon klubi bosh murabbiyi xavi “Real Sosedad” yarim himoyachisi Adnan Yanuzayning “Barselona”ga kerak yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘radi.

Qayd etilishicha, “Sosedad” Yanuzay bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq u yangi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, klub uni yanvarda sotishi mumkin. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda Yanuzay “Sosedad” bilan barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq “Barselona” Pogbani sotib olmasligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Pogba jarohatidan Dubayda davolanayotgani haqida xabar berilgandi.