Yangiliklar 14:43 | 17.12.2021

Video: Qirg‘iziston prezidenti futzal o‘ynab, ikkita gol urdi

Bishkekda Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha turnir boshlandi. Bu haqda “Sport AKIpress” xabar berdi.

Kadr: Telegram

Turnirda 6 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda.

Turnirning ilk uchrashuvida Prezident Administratsiyasi jamoasi “Onur” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

“Onur” jamoasi birinchi bo‘limda Qirg‘izboy Osmonov va Farhod Bekmambetovning aniq zarbalaridan so‘ng ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov dubl qayd etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti jonli efirda futbol o‘ynashi aytilgandi.