Yangiliklar 9:53 | 18.12.2021

Jeyk Pol MMA qoidalari asosida Habib bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi

Videobloger Jeyk Pol MMA qoidalari asosida engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda “TSN” xabar berdi.

Foto: “Vloodandsweat.ru”

Ma'lumot uchun Jeyk Pol 18 dekabr kuni Taylor Vudliga qarshi jang o‘tkazadi.

“Men Habib bilan jang qilishshni xohlayman. Habibga qarshi MMA jangini o‘tkazishni xohlayman. Bu ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin qiziqarli bo‘ladi.

Biz boshqa MMA jangchilari bilan muloqot qilamiz. Ularning maoshi boksdan ham yomonroq ekanini aytgandim. Shunday qilib, bu men uchun qiziqarli bo‘lar edi”, — dedi videobloger.

Avvalroq Jeyk Pol va Tommi Fyurining jangi bekor qilingandi. Shuningdek, Logan Pol Tayson bilan ehtimoliy jang haqida gapirgandi.