Yangiliklar 19:31 | 29.12.2021

Akbar Jo‘raev O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Akbar Jo‘raev O‘zbekistonda 2021 yilda “Yilning eng yaxshi sportchisi” bo‘ldi. Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘raev 2021 yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi.

Shuningdek, Akbar Jo‘raev Olimpiada rekordini va Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatida jahon rekordini yangilagan.

Avvalroq Jo‘raev dast ko‘tarish bo‘yicha ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, u siltab ko‘tarish bo‘yicha ham jahon chempioniga aylangandi.