Otabek Umarovdan Akbar Jo‘raevgacha. Yilning eng yaxshilari uchun taqdim etiladigan nominatsiyalar kimlarga berildi?
O‘zbek sportining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uzbekistan Sport Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Turizm va sport vazirligi axborot xizmati
Ushbu tadbirda laureatlar quyidagi nominatsiyalar va sovrinlar bilan taqdirlandi:
“Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun” O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov taqdirlandi.
“Yilning eng faol ommaviy sport targ‘ibotchisi” — Mudofaa vazirligi sport markazi.
“Yilning eng faol sport jurnalisti” — “Sport TV” telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova.
“Yilning eng faol sport foto muxbiri” — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “Olamsport.com” sayti fotomuxbiri Almurat Mamadaminov.
“Yilning eng faol sport muxlisi” — Abdurahmon Fozilov.
“Sport yo‘nalishi bo‘yicha yilning eng faol matbuot xizmati” — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
“Yilning eng faol sport sayti” sifatida “Sports.uz” sayti e'tirof etildi.
“Yilning eng faol sport maktabi” sifatida Buxoro tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi e'tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” — Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi xan Pavel.
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” — boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nigina O‘ktamova.
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” — erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov.
“Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi” — O‘zbekiston aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi.
“Yilning eng matonatli erkak sportchisi” — para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Elbek Sultonov.
“Yilning eng matonatli ayol sportchisi” — para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nurxon Qurbonova.
“Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi” — para engil atletika bo‘yicha murabbiy Sardor Abduxoliqov.
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” — para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Boburjon Omonov.
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” — para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova.
“Yilning eng saxiy sport homiysi” — “QizilqumTsement” aktsiyadorlik jamiyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati va “Orient Finans Bank” – xususiy aktsiyadorlik tijorat banki.
“Yilning eng halol hakami” sifatida dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam, xalqaro dzyudo federatsiyasining ko‘plab musobaqalardagi asosiy bahslarida hakam sifatida ishlagan Ramziddin Saidov e'tirof etildi.
“Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” — O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi.
“Yilning eng intiluvchan federatsiyasi” — O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi.
“Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun” — Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov taqdirlandi.
“Yil kashfiyoti” — taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov.
Muxlislar o‘rtasidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” — boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov.
Respublika Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi — og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘raev.
Avvalroq Akbar Jo‘raev yilning eng yaxshi sportchisi bo‘lgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi mukofotini topshirish marosimi boshlangani xabar qilingan.