Futbol, Yangiliklar 20:21 | 30.12.2021

Video: Shahzod Ubaydullaev “Energetik-BGU”ning 2021 yildagi eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchi Shahzod Ubaydullaev “Energetik-BGU”ning 2021 yildagi eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi.

Kadr: Telegram

Chempionatining 24-tur doirasidagi “Energetik-BGU” hamda “Bitebsk” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 42-daqiqasidan o‘zbekistonlik legioner Shahzod Ubaydullaev akrobatik usulda gol urgandi. Qanotdan uzatib berilgan to‘pni Ubaydullaev darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq yo‘llagandi.

Avvalroq Ubaydullaev “Energetik BGU” safidagi ilk golini urgani ma'lum qilingan. Bobur Abduxoliqov “Energetik-BGU”dagi debyut golini urgani haqida xabar berilgandi.