Yangiliklar 14:28 | 08.01.2022

Messi “PSJ”ni tark etishga qaror qildi

Argentinalik hujumchi va etti karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi “PSJ”ni tark etishga qaror qildi. Bu haqda “Daily Record” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Leo faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Messi 2021 yilning yozidan buyon Parij klubida o‘ynab, jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi. Ma'lum qilinishicha, uning frantsiyalik grand bilan ikki yillik shartnomasi bor.

Shuningdek, argentinalik futbolchi “PSJ”dagi o‘yinidan mamnun emasligi va u shunchaki Frantsiyaga moslasha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Parijliklar bilan 11 o‘yinda Messi Liga 1da bitta gol urgan, Chempionlar ligasining beshta o‘yinida esa 5 ta gol urgan.‌‌

Avvalroq Messi Argentinaning JCh saralashidagi o‘yinlariga chaqirilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Messi koronavirusdan tuzalgani ma'lum qilingandi.