Yangiliklar 11:38 | 09.01.2022

Murodjon Ahmadaliev filippinlik bokschiga qarshi jang qiladi

WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev 2 fevral kuni filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jang qiladi. Bu haqda “BoxingScene” xabar berdi.

Foto: “Kun.uz”

xabarga ko‘ra, hozirda muzokaralar o‘tkazilmoqda. Agar ikki tomon 2 fevralgacha kelisha olmasa, jangni tashkil etish bo‘yicha auktsion o‘tkaziladi.

Murodjon Ahmadaliev oldingi jangini xose Velaskesga qarshi o‘tkazgandi va 12 raundlik jangni to‘liq o‘tkazib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan.

Avvalroq Murodjon Ahmadalievning to‘yi bo‘lgandi. Shuningdek, Murodjon Ahmadaliev 22 noyabr kuni Toshkentga qaytib kelgandi va Otabek Umarov Ahmadalievni g‘alaba bilan tabriklagani haqida xabar berilgan.