Gyundogan Messi va Ronaldudan qaysi biri yaxshiroq ekanini aytdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Twitter’dagi obunachilar bilan muloqot qilib, qaysi hujumchi yaxshiroq degan savolga javobberdi.
Foto: “Myseldon.com”
Obunachilar undan Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messidan qaysi birini yaxshiroq ekanini so‘ragan.
“Twitter’da bu savolsiz savol-javob sessiyalari bormi?
Men hali ham Messini tanlayman”, — deb yozadi Gyundogan.
Avvalroq Lionel Messi Argentinaning ikkita o‘yinida maydonga tusha olmasligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Ronaldu yosh futbolchilarga maslahat bergani haqida xabar berilgan.