Foto: Anvar Berdiev va Zafar xolmurodov jahon futbolida XX-XXI asr to‘purarlari qatoriga kiritildi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro Federatsiyasi — IFFHS XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.
Foto: O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik Anvar Berdiev va Zafar xolmurodov 71 va 83-o‘rinlarni egalladi.
Statistikani tuzishda XX asrda kiritilgan gollar ham ko‘rsatib o‘tilgan, lekin futbolchilar egallagan o‘rinlar faqatgina XX-XXI asrda kiritilgan gollar soni bo‘yicha taqsimlangan. Ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu etakchilik qilmoqda:
Foto: O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati
Avvalroq Murod xolmuhammedov IFFHS ro‘yxatida Godin va Marselo bilan bir o‘rinni egallagandi.