Yangiliklar 10:06 | 14.01.2022

Lionel Messi Argentinaning ikkita o‘yinida maydonga tusha olmaydi

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi koronavirus infektsiyasidan tuzalyotgani sababli Argentina va “PSJ” ishtirokidagi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoadan alohida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda va Liga 1 21-turi doirasida 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Brest” bilan o‘yinda ishtirok etmaydi.

34 yoshli hujumchi terma jamoaning JCh-2022 saralashida Chili (28 yanvar) va Kolumbiyaga (1 fevral) qarshi o‘yinlarini ham o‘tkazib yuboradi.

Messi oxirgi marta 22 dekabr kuni “PSJ”ning “Loryan” bilan o‘yinida (1:1) maydonga tushgan edi.

Avvalroq Messi Argentinaning JCh saralashidagi o‘yinlariga chaqirilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Messi “PSJ”ni tark etishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.