Yangiliklar 12:34 | 15.01.2022

Video: O‘zbekistonlik MMA jangchisi raqibini nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Anvar Boynazarov raqibi Jon Famni nokautga uchratdi. Bu haqda “Yahoo Sport” xabar berdi.

Foto: “Gloryrkickboxing.com”

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash jangchisi Anvar Boynazarov deyarli bir yillik tanaffusdan so‘ng yana oktagonga ko‘tarildi.

Boynazarov 15 yanvar kuni Dallas shahridagi LFA 121 turniri doirasida amerikalik Jon Famga qarshi jang o‘tkazdi. Bellashuv o‘zbekistonlik sportchining tezkor g‘alabasi bilan yakunlandi. Boynazarov jangning 22-soniyasida raqibini nokautga uchratdi.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli Anvar Boynazarov o‘tgan yilning mart oyida AQShning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.

Avvalroq o‘zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonovning navbatdagi jangi bekor qilingandi. Shuningdek, Zarruh Adashevning navbatdagi jangi bekor qilingandi.