Yangiliklar 10:59 | 18.01.2022

Messi, Ronaldu, Levandovski va Saloh “The Best” uchun kimlarga ovoz berdi?

“The Best” sovrini uchun Messi, Ronaldu, Levandovski va Saloh kimlarga ovoz bergani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Unga ko‘ra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jamoadoshi Neymarni 1-o‘ringa qo‘ydi, Mbappeni 2-o‘ringa qo‘ydi. Uchinchi o‘ringa esa Karim Benzemani loyiq ko‘rdi.

Krishtianu Ronaldu 1-o‘ringa Robert Levandovskini, 2-o‘ringa Ngolo Kante va 3-o‘ringa Jorjinoni qo‘ydi.

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh 1-o‘ringa Jorjinoni qo‘ydi. 2-o‘rindan Lionel Messi va 3-o‘rindan Robert Levandovski joy oldi.

“The Best” sovrini g‘olibi Robert Levandovski esa Jorjinoni 1-o‘ringa loyiq ko‘rgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Messini va 3-o‘ringa Ronalduni qo‘ydi.

Avvalroq Robert Levandovski 2021 yiling eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. Shuningdek, FIFA Krishtianu Ronaldu uchun maxsus sovrin topshirgandi.