Yangiliklar 20:31 | 19.01.2022

“Ishonchim komilki, bunday marosimni dunyo ahli yaqin 100 yil ichida ko‘rmagan” — Chjang Imou

Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimi direktori Chjan Imou xitoyning Pekin shahrida 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan xxIV Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi chinakam inqilob bo‘lishini aytdi.

Foto: xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi

Tashkilotchilar tadbirning barcha qismini ochiqlamayotgan bo‘lsalar ham, tomoshabinlarni yanada qiziqtirish uchun ba'zi ma'lumotlarni aytishmoqda.

“Hozircha barcha sirlarni oshkor qila olmayman. Biroq shuni aytishim mumkinki, mash'ala yoqish marosimi chinakam inqilob bo‘ladi. Biz tarixdagi ekologik eng toza Olimpiadani o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Ishonchim komilki, bunday marosimni dunyo ahli yaqin 100 yil ichida ko‘rmagan”, — dedi mutaxassis Chjan Imou.

Eslatib o‘tamiz, xxIV Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 2022 yilning 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Avvalroq o‘zbekistonlik sportchi qishki Olimpiya o‘yinlariga birinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, O‘zbekiston AQSh boshlagan boykotga qo‘shilmasligi ma'lum bo‘lgandi.