Yangiliklar 13:43 | 20.01.2022

Dana Uayt nega barcha davrlarning eng yaxshi jangchilari qatoriga Habibni qo‘shmaganini izohladi

UFC prezidenti Dana Uayt nega barcha davrlarning eng yaxshi jangchilari qatoriga Habib Nurmagomedovni qo‘shmaganini izohladi. Bu haqda “Yahoo Sports” xabar berdi.

Foto: “Shampionat.com”

Oldinroq Uayt barcha davrlarning eng yaxshi 3 ta jangchisini aygandi. Shuningdek, ular qatoriga 4-bo‘lib Kamaru Usmonni qo‘shgandi.

“Ha, men Jon Jons, Jorj Sen-Per, Kamaru Usmon va Anderson Silvani tanladim.

xuddi shu Anderson Habibdan ko‘proq ish qildi. Habibning hukmronligi aql bovar qilmaydigan darajada edi, ammo bu turli darajadagi mahoratga ega bo‘lgan boshqa davr”, — dedi Uayt.

Avvalroq Dana Uayt barcha davrlarning eng yaxshi 3 jangchisini aytgani e'lon qilingan. Shuningdek, Dana Uayt Konor Makgregorning Dastin Geytjidan avval Charlz Oliveyra bilan jang qilishini rad etgandi.