Yangiliklar 14:22 | 20.01.2022

Luka Yovich hozirda dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytdi

“Real” hujumchisi Luka Yovich hozirda dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytdi. Bu haqda “Blic.rs” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Uning fikricha, jamoadoshi Karim Benzema hozircha eng yaxshi hujumchi.

“Karim ‘Real’da 13 yildan beri o‘ynadi. Kelganimda u klubda 10 yildan beri harakat qilayotganini aytishdi. U ham xuddi men kabi 21 yoshida ‘Real Madrid’ga o‘tdi. Ular mendan u bilan bir xil narsaga erishmoqchimisiz, deb so‘rashdi. Men ijobiy javob berdim.

Benzema — mashg‘ulotlarda har kuni yangi narsalarni o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan odam. U ayni damda dunyoning eng yaxshi hujumchisidir. U bilan mashg‘ulot o‘tkazish, undan o‘rganish men uchun katta baxt.

Umid qilamanki, bir kun kelib men uning darajasiga chiqa olaman, shuncha o‘yin o‘tkazaman va u kabi ko‘p gol uraman”, — dedi 24 yoshli serb.

Avvalroq  Azar “Real Madrid”dan ketishni xohlayotgani ma'lum qilingan. Shuningdek, “Chelsi” va “Real” futbolchilari Frantsiyada ChLda ishtirok eta olmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi.