Yangiliklar 18:01 | 20.01.2022

O‘zbekiston futzal TJning yig‘inlariga jalb etilgan futzalchilarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekiston futzal terma jamoasining Toshkent va xorvatiyadagi yig‘inlarga jalb etilgan futzalchilarning yakuniy ro‘yxatini e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 21 yanvar kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Yig‘inning ikkinchi qismini vakillarimiz 26 yanvardan 2 fevralgacha xorvatiyada davom ettiradi. Bahodir Ahmedov shogirdlari unda Frantsiya va Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Foto: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi Frantsiya va Chernogoriya bilan o‘yin o‘tkazishi haqida xabar berilgan.