Yangiliklar 2:58 | 21.01.2022
Italiya kubogi. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” 10 kishi bo‘lib qolgan “Lechche”ni mag‘lub etdi — video
Italiya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Roma” “Lechche” o‘yini 3:1 hisobida yakunlandi.
Foto: “Getty Images”
Uchrashuvdagi dastlabki gol mehmonlar futbolchisi Kalabrezi tomonidan 14-daqiqada kiritildi.
Shundan so‘ng mezbonlar ketma-ket 3 ta gol urdi. Ularga Kunbulya, Abraham va Shomurodov mualliflik qildi. Eldor 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
“Bo‘rilar”ning keyingi raqibi “Inter” bo‘ladi.
Avvalroq “Roma” o‘yinni qanday tarkibda boshlagani ma'lum qilingandi.