Yangiliklar 22:47 | 22.01.2022

Ronaldu “MYu” safidagi ketma-ket 3-o‘yinda gol urolmadi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoa safidagi ketma-ket 3-o‘yinni golsiz yakunladi.

Foto: “Getty Images”

Portugaliyalik hujumchi Premer-liganing 23-turidan o‘rin olgan “Vest Hem”ga qarshi o‘yinni golsiz yakunladi. Bu bilan Ronaldu “Manchester Yunayted” safidagi ketma-ket 3-o‘yinda gol urolmadi.

Bungacha futbolchi “Vulverhempton” (0:1) va “Brentford”ga (3:1) qarshi uchrashuvlarda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ya olmagandi.

Krishtianu oxirgini golini 2021 yilning 30 dekabr kunida “Byornli” darvozasiga kiritgandi.

Avvalroq “Manchester Yunyated” so‘nggi daqiqadagi gol evaziga “Vest Hem”ni mag‘lub etgani haqida xabar berilgandi.