Yangiliklar 19:34 | 23.01.2022

Video: Jizzax viloyati hokimi futzal o‘ynab, penaltidan foydalana olmadi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev “Huaksin-Jizzax” safida futzal o‘ynab, penaltidan foydalana olmadi.

Foto: Futzal chempionati axborot xizmati

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 6-turida Jizzaxning “Huaksin-Jizzax” klubi Toshkent viloyatining “Metallurg” jamoasini 6:1 hisobida engdi. 36-daqiqada jizzaxliklar futzalchisi, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev penaltidan foydalana olmadi.

Ergash Soliev 66 yoshda va chempionatdagi eng yoshi katta futzalchi hisoblanadi. Viloyat hokimi to‘p tepayotgan jamoa 16 o‘yindan keyin 42 ochko bilan Oliy Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti futzal o‘ynab, ikkita gol urgandi.