Boks-U22. 24 yanvar kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 24 yanvar kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringa chiqadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabarga ko‘ra, 24 yanvar kuni o‘tkaziladigan vazn toifalarida olti nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi belgilangan. Quyida ular bilan tanishing:
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Avvalroq Javohir Tog‘aymurodov tojikistonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgani va Dilshod Abdumourodov iroqlik raqibi ustidan g‘alaba qozongani xabar qilingan.