Yangiliklar, UFC/Boks/MMA 16:56 | 24.01.2022

Boks-U22. Asil Jalilov malayziyalik raqibini mag‘lub etdi — video

Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kadr: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Musobaqaning navbatdagi kunida ringga chiqqan Asil Jalilov -48 kilogramm vazn toifasida malayziyalik Qayum Ariffinga qarshi jang qildi va ochkolar evaziga uni mag‘lub etdi.

Avvalroq 24 yanvar kuni qaysi o‘zbekistonlik bokschilar ringa chiqishi ma'lum bo‘lgandi. Shuningdek, Javohir Tog‘aymurodov tojikistonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgani va Dilshod Abdumourodov iroqlik raqibi ustidan g‘alaba qozongani xabar qilingan.