Yangiliklar 9:23 | 24.01.2022

IFFHS jahonning eng kuchli klublari reytingini e'lon qildi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli erkaklar klublari reytingini e'lon qildi. Bu haqda Professional futbol ligasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati

Undan O‘zbekistonning 3 klubi joy oldi:

  • “Nasaf” — 213-o‘rin (89 ochko)
  • “Paxtakor” — 283-o‘rin (75,5 ochko)
  • “AGMK” — 331-o‘rin (70,5 ochko).

Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo miqyosida 11-pog‘onaga joylashgan.

Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘zbek klublari ichida eng yaxshi natijani qayd etgan edi: jahonda — 85, Osiyoda — 4-o‘rin.

Avvalroq Anvar Berdiev va Zafar xolmurodov jahon futbolida XX-XXI asr to‘purarlari qatoriga kiritilgandi. Shuningdek, Murod xolmuhammedov IFFHS ro‘yxatida Godin va Marselo bilan bir o‘rinni egallagandi.