IFFHS jahonning eng kuchli klublari reytingini e'lon qildi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli erkaklar klublari reytingini e'lon qildi. Bu haqda Professional futbol ligasi axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati
Undan O‘zbekistonning 3 klubi joy oldi:
“Nasaf” — 213-o‘rin (89 ochko)
“Paxtakor” — 283-o‘rin (75,5 ochko)
“AGMK” — 331-o‘rin (70,5 ochko).
Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo miqyosida 11-pog‘onaga joylashgan.
Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati
Ma'lumot uchun, 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘zbek klublari ichida eng yaxshi natijani qayd etgan edi: jahonda — 85, Osiyoda — 4-o‘rin.
Avvalroq Anvar Berdiev va Zafar xolmurodov jahon futbolida XX-XXI asr to‘purarlari qatoriga kiritilgandi. Shuningdek, Murod xolmuhammedov IFFHS ro‘yxatida Godin va Marselo bilan bir o‘rinni egallagandi.