Yangiliklar 21:01 | 24.01.2022

O‘zbekiston futzal ayollar terma jamoasi Tojikiston darvozasiga 8 ta gol urdi

“CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” turnirining 3-turida O‘zbekiston va Tojikiston ayollar terma jamoasi o‘zaro o‘yin o‘tkazdi.

Foto: “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022”

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchi ayollar 8:1 hisobida tojikistonlik raqiblarini mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollarga Nilufar Qudratova (dubl), Maftuna Shoyimova (xet-trik), Dildora Ergasheva (dubl), Zumrad Nazarova va Jonona Kurbonova mualliflik qildi.

Avvalroq O‘zbekiston futzal erkaklar jamoasi yig‘inni xorvatiyada davom ettirishi ma'lum qilingandi.