Yangiliklar 13:29 | 24.01.2022

Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Ergashev buni otasi so‘raganini ta'kidladi.

“Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim va otam meni uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suhbatlashdik, oz bo‘lsa ham bosib o‘tgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi.

Hamma narsaning bosh va oxiri bo‘lganiday sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnartdorchiligimni bildiraman. Men hayotimda yangi sahifa ochyapman.

Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam faqatgina o‘zim uchun ringda bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab ko‘raman, ammo bu sport sohasi emas. Barchaga omad”, — deb yozgan Ergashev.

Avvalroq Shohjahon Ergashevga tegishli promouterlik kompaniyasi yopilgandi. Shuningdek, Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozongani ma'lum qilingandi.