Yangiliklar 16:43 | 26.01.2022

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Habibning AQShdagi turnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanov Habib Nurmagomedovning AQShdagi turnirida ishtirok etadi. Bu haqda “Eagle FC 44” o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: “Eagle FC 44”

AQShning Mayami shahrida “Eagle FC 44” turniri bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmagomedovga tegishli promoushenning AQShda ilk marotaba tashkil etiladigan turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanov amerikalik Shaun Banchga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Firdavs MMA’da 8 ta jang o‘tkazib, 6 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Avvalroq ohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgan.