Yangiliklar 21:46 | 26.01.2022

“Sen bilan jang qilishga tayyorman”. Shohjahon Ergashev Shahramning so‘zlariga javob qaytardi

O‘zbekistonlik sobiq bokschi Shohjahon Ergashev o‘z Instagram sahifasida boshqa bir o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning so‘zlariga javob qaytardi.

Foto: Telegram

Shohjahon agar otasi ruxsat bersa, Shahram bilan jang qilishga tayyor ekanini aytdi.

“Men ham seni uchratganimdan xursandman. Sening sportdagi faoliyatingni hurmat qilaman. Sen juda kuchli bokschisan. Albatta men ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski men boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar u menga ruxsat bersa, sen bilan jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Men ham sen bilan hisobni yopib, boksni tamomlashni istar edim.

Sening ham kelgusi ishlaringa omad✊🏻”, — dedi Shohjahon Ergashev.

Avvalroq G‘iyosov Shohjahonning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirgandi. Shuningdek, Ergashev bir necha kun avval sportdagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.