Yangiliklar 13:55 | 27.01.2022

“Qizilqum” 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

“Qizilqum” jamoasi transferlar vaqtida 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Qizilqum” jamoasi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, jamoa Bobur Yo‘ldoshev, Shuhrat Muhammadiev, Orifxo‘ja Abduxoliqov, Javohir Ilyosov va Sanjar Shoahmedov bilan shartnoma imzolagan.

Futbolchilar Navoiy klubi bilan necha yillik shartnoma imzolagani ma'lum qilinmagan.

Avvalroq rossiyalik futbolchi “Nasaf” bilan shartnoma imzolagandi. Shuningdek, “Qizilqum” Avstriya futboli tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolagandi.