Futzal. 6 ta gol urilgan o‘yinda O‘zbekiston TJ Frantsiyaga mag‘lub bo‘ldi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.
Foto: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Bahs Frantsiya vakillari foydasiga 2:4 hisobida nihoyasiga etdi. Gollarga frantsiyaliklar safida Mamadu Ture, N'gala Landri (dubl) va Muhudun Suhayl, o‘zbekistonliklar tarkibida Anasxon Rahmatov va Dilshod Rahmatov mualliflik qildi.
Avvalroq jamoalar asosiy tarkibga qaysi futbolchilarni tushirgani ma'lum qilingandi.