Yangiliklar 20:44 | 28.01.2022

Futzal. O‘zbekiston TJning Frantsiyaga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibi e'lon qilindi 

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Frantsiya terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini uchun asosiy tarkibi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Unga ko‘ra, mazkur bahsni Bahodir Ahmedov shogirdlari quyidagi tarkib bilan boshlaydi:

Rustam Umarov;
Ixtiyor Ropiev;
Ilhomjon Hamroev;
Husniddin Nishonov;
Davron Choriev.

Shuningdek, zahiradagi futzalchilarimiz quyidagicha:

Ravshan Eliboyev;
Anasxon Rahmatov;
Mashrab Odilov;
Davlat Ibragimov;
Dilshod Rahmatov;
Elbek To‘lqinov;
Akbar Usmonov;
Abdulla Solihov;
Sunatulla Jo‘raev.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Avvalroq mazkur bahs o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston futzal Terma jamoasining yig‘inlariga jalb etilgan futzalchilarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilingandi.