Yangiliklar 16:23 | 28.01.2022

“Monako” Chuameni uchun “Real”dan katta miqdorda transfer puli so‘ramoqda

“Monako” futbolchisi Orelen Chuameni uchun “Real”dan 80-100 million evro miqdorda transfer puli so‘ramoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Marca

Madridning “Real” klubi “Monako” yarim himoyachisi Aurelien Chuameniga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

xabarga ko‘ra, monegasklar futbolchi uchun 80 dan 100 million evrogacha olmoqchi. “Real Madrid” bu talablardan xabardor. 2021 yil yozda “Monako” uning uchun 60 million evro so‘ragandi.

Bundan tashqari, yarim himoyachiga “Manchester Yunayted”, “PSJ” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda.

xabar qilinishicha, Madridning “Real” klubi Chuamenini Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Madridlik skaut xuni Kalafat “Monako” futbolchisi atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

22 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda “Monako” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq “Real” Amerika kompaniyasi bilan 25 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan.