Yangiliklar 21:38 | 28.01.2022

“PSJ” Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda

“PSJ” “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Adrien Grene xabar berdi.

Foto: “KNews”

Parijliklar angliyalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasiga o‘tish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

“PSJ” 2021 yil yozda Kilian Mbappe klubdan ketgan taqdirda 24 yoshli futbolchi parijliklar safiga qo‘shilishi ehtimoli ko‘rib chiqilgan. Rashfordni frantsuz klubiga o‘tish g‘oyasi qiziqtirmoqda. Agar Mbappe yozda “Real”ga o‘tsa, hujumchi Kilianning o‘rnini egallashi mumkin.

2021/22 yilgi mavsumda forvard APLning 13 ta o‘yinida 4 ta gol urdi.

Avvalroq Agent Rayola “Barsa”ga Pogbadan boshqa mijozini taklif qilgandi. Shuningdek, “PSJ”ning yozgi transferdagi asosiy maqsadi ma'lum bo‘lgan.