Yangiliklar 23:34 | 28.01.2022

Rasman: Dushan Vlahovich “Yuventus”ga o‘tdi

Rasman “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovich “Yuventus”ga o‘tdi. Bu haqda A Seriya rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Biroq “Yuventus” hali transferni e'lon qilmadi. Futbolchi Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Klub Vlahovich uchun “Fiorentina”ga 70 million evro va 5 million miqdorida bonus ham to‘laydi. Dushan yangi jamoasida yiliga 7 million evro maosh olishi kelishib olingan.

Serbiyalik hujumchi 2021/22 yilgi mavsumda “Fiorentina” safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Vlahovich “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabar berilgan.