Yangiliklar 10:42 | 28.01.2022

“Real” Amerika kompaniyasi bilan 25 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres sport inshootlarini boshqaradigan Amerikaning “Lgends” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda “Vozpopuli.com” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Shartnoma 25 yilga mo‘ljallangan. Kompaniya daromadning 20 foizini “Santyago Bernabeu” va yaqinidagi faoliyatdan oladi.

Hamkorlik natijasida stadiondan olinadigan daromad yiliga 150 million evrodan 400-440 milliongacha o‘sishi kerak. Stadionda kontsertlar kabi turli tadbirlar o‘tkaziladi, yaqin atrofda kafe va do‘konlar quriladi.

Oldinroq Madridning “Real” klubi stadion infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 1 milliard evro miqdorida kredit olgandi. Klub qarzni 25-30 yil ichida to‘lashni rejalashtirgan.

“Lgends” San-Antonio basketbol jamoasining 20 foiz ulushiga ega bo‘lgan “Sixth Street” investitsiya fondiga tegishli.

Avvalroq Ispaniya kubogi doirasidan o‘rin olgan 1/4 final bosqichi uchun qur'a tashlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Marselo Ispaniya kubogining 3 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingani ma'lum qilingandi.