Yangiliklar 11:02 | 29.01.2022

Azar, Beyl, Isko va yana 3 nafar futbolchi “Real”dan qishda ketishni xohlamayapti

Azar, Beyl, Isko, Marselo, Valexo va Mariano Dias “Real Madrid”dan qishda ketishni xohlamayapti. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” qishda himoyachi Marselo va yarim himoyachilar Garet Beyl va Iskoni sotishga tayyor, biroq ularning barchasi yozda, shartnomasi tugagandan keyin klubni tark etishni istamoqda.

Himoyachi xesus Valexo va hujumchi Mariano Dias “Real Madrid”ni tark etishni istamayapti, chunki ular hali ham jamoada imkoniyatga ega bo‘lishni kutmoqda. Shuningdek, Eden Azar o‘zgarishiga va murabbiyning ishonchiga kirishga ishonmoqda.

Futbolchilar ketishni istamagani uchun Madrid klubi Marselo, Beyl va Iskoni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni rejalashtirgan, qolgan uch futbolchi bilan esa mojaroga yo‘l qo‘ymasdan echim topishga harakat qiladi.

Avvalroq “Monako” Chuameni uchun “Real Madrid”dan katta miqdorda transfer puli so‘rayotgani xabar qilingan. Shuningdek, “Qirollik klubi” Amerika kompaniyasi bilan 25 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagani ma'lum bo‘lgan.