Yangiliklar 13:27 | 29.01.2022

Boks-U22. Farzona Fozilova 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldi

Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekistonlik -48 kilogramm vaznda ishtirok etadigan Farzrna Fozilova finalda tojikistonlik raqibasini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi. Jang to‘liq davom etdi.

Avvalroq 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 27 yanvar sanasida ringga ko‘tarilgan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqqani haqida xabar berilgandi.