Yangiliklar 13:10 | 29.01.2022

Lempard “Everton” murabbiyiga aylanadi

“Chelsi” sobiq murabbiyi Frenk Lempard “Everton” murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Championat.com”

xabarga ko‘ra, tomonlar to‘liq kelishuvga erishgan. Ayni vaqtda “Everton” shartnoma tayyorlab, shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini aniqlamoqda.

Qaror allaqachon vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Dunkan Fergyuson va “Portu”ning sobiq bosh murabbiyi Vitor Pereyraga etkazilgan, ular ham “Everton” murabbiyligi uchun klubga ariza topshirgandi.

Lempard bir yildan ortiq vaqtdan beri ishsiz edi. U avvalroq “Kristal Pelas”, “Aston Villa” va “Norvich” klublari bilan muzokaralar olib borgan, biroq turli sabablarga ko‘ra bu klublarning birortasiga tayinlanmagandi.

Avvalroq Lempard Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirgani xabar qilingan. Shuningdek, Lempard futbolchilik faoliyatidagi eng yaxshi ikki jamoadoshini aytgandi.