Yangiliklar 11:39 | 29.01.2022

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi

WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda WBA rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Sports-addict.net”

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Murodjon Ahmadaliev va uning majburiy raqibi Ronni Rios o‘rtasidagi jangni tashkillashtirish uchun 90 kun, 24 aprelga qadar muhlat berdi.

Matchroom Boxing jangni tashkil qilish huquqini 2021 yil 24 may kuni olgan. Biroq Covid-19 tufayli jang to‘xtatildi va Axmadaliev 2021 yilning noyabrida xose Velaskesga qarshi himoya jangini o‘tkazdi.

Avvalroq Murodjon Ahmadaliev filippinlik bokschiga qarshi jang o‘tkazishi xabar qilingan. Shuningdek, Murodjon Ahmadalievning to‘yi bo‘lgandi.