Yangiliklar 9:03 | 29.01.2022

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Habibning AQShdagi turnirida mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs xasanov Habib Nurmagomedovning AQShdagi turnirida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda “Eagle FC 44” o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: “Eagle FC 44”

AQShning Mayami shahrida “Eagle FC 44” turniri bo‘lib o‘tdi. Habib Nurmagomedovga tegishli promoushenning AQShda ilk marotaba tashkil etilgan turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanov amerikalik Shaun Banchga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

To‘liq davom etgan jangda Firdavs Hasanov ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Qayd etilishicha, Banch AKA sportzali jangchisi hisoblanadi. Shuningdek, u promoushenda debyut qildi.

Avvalroq o‘zbekistonlik MMA jangchisi Habibning AQShdagi turnirida ishtirok etishi xabar qilingan.