Yangiliklar 11:56 | 29.01.2022

Rasman: Nikola Lazarevich “Qizilqum” bosh murabbiyi

Serbiyalik Nikola Lazarevich “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Qizilqum” jamoasi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, murabbiy faoliyati davomida Tojikiston kubogi va chempionligini qo‘lga kiritgan.

Serbiya yoshlar terma jamoasi va Tojikiston terma jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tojikiston va xitoy hamda Liviya davlatlari jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib, ko‘plab natijalarga erishgan murabbiy Nikola Lazarevich yangi mavsumda “Qizilqum” bosh murabbiyi lavozimida ish boshlaydi.

Avvalroq “Qizilqum” 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolagani xabar qilingan. Shuningdek, “Qizilqum” Avstriya futboli tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingan.