Yangiliklar 9:36 | 29.01.2022

Vlahovich “Yuve”ga o‘tganiga munosabat bildirdi

Dushan Vlahovich “Fiorentina”dan “Yuventus”ga o‘tganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Alfredo Pedulli xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

“Yuventus” Vlahovich uchun “Fiorentina”ga 70 million evro va 5 million miqdorida bonus ham to‘laydi.

“‘Yuventus’ g‘urur, an'ana va oilani o‘zida mujassam etgan. ‘Yuventus’ hech qachon taslim bo‘lmaydi.

Jamoa hamma narsadan ustun, men murabbiy va jamoadoshlarim ixtiyoridaman, ularga imkon qadar yordam berishga harakat qilaman. Biz imkon qadar ko‘proq narsani xohlaymiz, biz yaxshilanishni xohlaymiz.

Bugun mening tug‘ilgan kunim (28 yanvar, Vlahovich 22 yoshga to‘ldi), bu haqiqatan ham ajoyib voqea, men uchun alohida kun. Hozircha bu men uchun eng baxtli tug‘ilgan kunlardan biri.

‘Yuventus’ men bilan faxrlanishini istayman. Biz har doim barcha maqsadlarga erishish uchun kurashamiz. Fino alla fine (“oxirigacha”, “Yuventus” shiori)!”, — dedi futbolchi.

Avvalroq Dushan Vlahovich rasman “Yuventus”ga o‘tgani xabar qilingandi. Shuningdek, Vlahovich “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turgani haqida ma'lum qilingan.