Yangiliklar 16:57 | 19.02.2022

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha “CAFA U-19” turniridan o‘rin olgan Eron va O‘zbekiston o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Foto: CAFA

Uchrashuv 1:7 hisobida Eron o‘smirlari foydasiga nihoyasiga etdi. Gollarga Soran Balkaneh, Ali Jozari (dubl), Milad Barahoy (xet-trik), Umidjon Mahramov (a.g) va o‘zbekistonliklarning yagona goliga Mirshod Abdukarimov mualliflik qildi.

Avvalroq Afg‘oniston o‘smirlari O‘zbekiston darvozasiga 8 ta gol urgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar futzal TJ xalqaro musobaqada ishtirok etishi ma'lum qilingan.