Yangiliklar 18:39 | 11.04.2022

Manba: Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

“Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “TVP Sport” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, 33 yoshli forvard Myunxen klubi rahbariyatiga “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirmaslik qarorini ma'lum qildi. Amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, “Bavariya” Levandovski uchun 65 million evro talab qilmoqda, biroq boshqa o‘yinchilarni ham qo‘shib olsa, bu summa kamayishi mumkin.

Levandovski 2021/22 yilgi mavsumda Bundesligada 29 ta o‘yin o‘tkazib 32 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq xavi Holandga muqobil sifatida Levandovskidan ko‘ra Salohni afzal ko‘rayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Bavariya” Levandovski bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma'lum qilingan.