Yangiliklar 0:18 | 12.04.2022

OChL. “Nasaf” 2-turda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadamga aylandi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida “Nasaf” Iordaniyaning “Al Vehdat” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Foto: “Nasaf” jamoasi axborot xizmati

Uchrashuvda qarshiliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib o‘z guruhida peshqadamga aylandi.

O‘yinda Marko Stanoevich dublga erishdi. U ikkinchi golini penaltidan “panenka” uslubida kiritdi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.